Biz birlashib katta kuchmiz
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Biz birgamiz” shiori ostida volontyorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mazkur forum iqtidorli yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorligini oshirish, xalq manfaati yo‘lida butun kuch, bilim va imkoniyatlarini safarbar qila oladigan tashabbuskor va shijoatli yoshlar safini kengaytirish maqsadiga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Forumda yoshlar taklifi asosida volontyorlar faoliyatining kelgusi rejalari belgilab olindi.
Viloyatda volontyorlar forumi doirasida 1-5 dekabr kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar, sport musobaqalari g‘oliblari hamda 5 nafar volontyor turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolovning ishtiroki volontyor yoshlarga motivatsiya berdi.
[gallery-324]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA