Bitiruvchilarga diplom topshirildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchi o‘quvchilariga diplom topshirishga bag‘ishlangan “Xayr, litsey – salom, oliy ta’lim muassasasi!” mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechada akademik litsey jamoasi, bitiruvchi o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi. Akademik litsey direktori Q. Qalxorazov, fidoyi ustozlar va faol o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqishib, bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qishlarida yuqori natijalarga erishishlarini tilashdi.

Ta’kidlash joiz, akademik litseyni joriy o‘quv yilida jami 246 nafar bitiruvchi tamomlab, ular 638 ta milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi. Ushbu o‘quvchilarning 20 nafari imtiyozli diplom bilan bitirmoqda. Eng muhimi, ular orasidan 5 nafar o‘quvchi xorijning ilg‘or oliy ta’lim muassasalariga grant asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, 14 nafar o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Bayram kechasi san’at ustalari va akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA