Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda
Qarshi tumanidagi Qoratepa xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejida 1 ming 800 nafardan ziyod yoshlar o‘nga yaqin mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda.
Qarshi tumanidagi Qoratepa xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejida 1 ming 800 nafardan ziyod yoshlar o‘nga yaqin mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda.
Kollejda futbol, shaxmat-shashka, qo‘l to‘pi kabi sportning qator turlari bo‘yicha hamda "Orasta qizlar", “Zulfiyaxonim izdoshlari" to‘garaklari tashkil qilingan.
O‘quv dargohida bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida ibratli tajriba to‘plangan. O‘tgan yili 512 nafar bitiruvchining 460 ga yaqini biriktirilgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirilgan, 8 nafari esa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilda ta’lim muassasasini bitirayotgan 480 nafar o‘g‘il-qizga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun ko‘maklashish chora-tadbirlari izchil olib borilmoqda.