Bishkekda komendantlik holati
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida favqulodda holat yuzaga kelganligi munosabati bilan 25-martdan komendantlik holati eʼlon qilindi.
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida favqulodda holat yuzaga kelganligi munosabati bilan 25-martdan komendantlik holati eʼlon qilindi. Bu haqda OAV uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida mamlakat ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Almaz Orozaliyev bayonot berdi.
“24.kg” tarqatgan xabarga koʻra, joriy qilingan yangi tartib amal qiladigan muddatda kech soat 20:00 dan ertalabki 07:00 gacha aholining koʻchaga chiqishiga ruxsat etilmaydi. Poytaxt mehmonlari bugun tungi 24:00 ga qadar Bishkekni tark etishlari lozim.
Bosh shtab rahbari Rayimberdi Duyshenbiyevning aytishicha, komendantlik holati qoidalarini buzgan, shuningdek harbiy xizmatchilar yoki militsionerlarga boʻysinmagan shaxslar javobgarlikka tortiladi.