Birlashgan Qirollikda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda
Buyuk Britaniyaning iqtisodiyoti fevral oyida 0,4 foizga o‘sgani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 12,5 foizga past natija kuzatilgani aytilmoqda.
Mamlakatda koronavirus cheklovlarini bekor qilinishi Yevropa Ittifoqi bilan savdoning yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘ladi, deyilmoqda.
Qolaversa, yanvar oyida yalpi ichki mahsulotning pasayishi taxmin qilingan darajada yomon bo‘lmagan.
Yevropa Ittifoqida ingliz tovarlari eksporti monetar bo‘lmagan oltin va qimmatbaho metallarni hisobga olmaganda, yanvar oyidagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 41,4 foiz past bo‘lgan. Import hajmi esa, fevral oyiga kelib, 11,5 foizga pastlagani ma’lum bo‘ldi.