Birlamchi tibbiy xizmat sifati yuksalmoqda
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi 4-oilaviy poliklinika hududdagi 6 ta mahallaning 37 yarim mingdan ziyod aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Muassasa 2021 yil mart oyida yangidan qurilgan binoda o‘z faoliyatini boshlagan. Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida poliklinika tizimli ravishda zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmoqda.
[gallery-7102]
– UTT, EKG, laboratoriya, lor, oftalmolog va shu kabi 10 ga yaqin xizmatlarimiz bilan aholi salomatligini saqlash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, turli xastaliklarni barvaqt aniqlash yo‘lida faoliyat yuritmoqdamiz, - deydi muassasa bosh shifokori Muhammadali Xolmatov. – Shuningdek, muassasamizda 22 o‘ringa mo‘ljallangan kunduzgi statsionar hamda fizioterapiya bo‘limlari tashkil etilgan.
Muassasada 20 ga yaqin shifokor, 54 o‘rta hamda 29 nafar kichik tibbiyot xodimi va texnik faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA