“Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Toshbuloq” mahalla fuqarolari yig‘inida 923 ta xonadon bor. Bu yerda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Abdubosit Aliqulov tashabbusi bilan 124 xonadondagi 355 nafar fuqaroning bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha doimiy bandligi ta’minlandi. 250 dan ortiq oila o‘z tomorqasida yangi istiqbolli uzum navlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi uchun yaqindan ko‘maklashildi.
[gallery-7853]
Bundan tashqari “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida hududning adirlik qismida kavrak ekildi va forel balig‘i yetishtirishga ixtisoslashgan hovuzlar tashkil etildi. Bu esa yana o‘nlab kishilarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga imkon yaratdi.
Jamshid NORQOBILOV, O‘zA