Biofaol qo‘shimchalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzarlik holatining oldi olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrisabz shahrida, fuqaro A.A.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadonida kelgusida qayta sotish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan biofaol qo‘shimchalar aniqlangan. Umumiy qiymati 28,6 million so‘mlik 34 turdagi jami 306 quti biofaol qo‘shimcha va dori vositalarini fuqaro noqonuniy ravishda saqlab kelganligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri