Bilyardchilar respublika turnirida bahslashdi
Poytaxtimizda bilyardning piramida yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan respublika turnirida mamlakatimizning yetakchi bilyard ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Mukofot jamg‘armasi 24 million so‘mni tashkil etgan turnirning shiddatli bahslarida g‘oliblik uchun kurash so‘nggi turgacha davom etdi.
To‘rt kun davom etgan qiziqarli o‘yinlar yakuniga ko‘ra, Jamoliddin Qo‘chqorov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib, musobaqaning bosh sovrini — 10 million so‘mni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Nodir Mirzayev 5 million so‘mga sazovor bo‘ldi. 3 va 4-o‘rinni egallagan Zuxriddin Xashimov va Suxrob Pirmatov esa 2,5 million so‘mlik mukofot bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Bilyard federatsiyasi hamda tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va tegishli mukofotlar bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyeva, O‘zA