Bezos bir haftada 3 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi
Amazon.com asoschisi va Bosh ijrochi direktori Jeff Bezos shu hafta kompaniyaning 3 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi.
Ma’lumotga ko‘ra, sotilgan aksiyalar Bezosning Amazon.comdagi ulushining 1,8 foizini tashkil qilgan.
2-3 noyabr kunlari Bezos Amazon.comning 998,8 ming dona aksiyasini har bir aksiya uchun 2 ming 951 dan 3 ming 79 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotgan.
Kompaiyaning ta’kidlashicha, hozirda rekord darajada savdoga qo‘yilayotgan aksiyalar oldindan tayyorlangan reja doirasida sotilmoqda.
Bezosning Amazon.comdagi qolgan 10,7 foiz ulushi 173 milliard dollardan oshadi.
Joriy yilning fevral oyida Bezos Amazon.com aksiyalarini taxminan 3,5 milliard dollarga, avgust oyida yana 3 milliard dollarga sotgan.
Joriy yil boshidan buyon Amazon.com aksiyalarining qiymati 80 foizga oshgan. Bezosning boyligi 191 milliard dollarni tashkil yetib turibdi.