“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi boshlandi
Namangan tumanidagi 13-umumta’lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi.
Musobaqani ochilishiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sadriddin Mo‘minov so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Olimpiadaning ushbu mavsumi sentyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda yoshlar san’at-madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual o‘yin yo‘nalishidagi musobaqa va tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.
[gallery-13552]
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning mini futbol, voleybol, shashka, stol tennisi, quvnoq startlar, yengil atletika bo‘yicha musobaqalar, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini hamda yoshlarda sahna madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovini o‘tkazish belgilangan.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar