Belgiyada o‘zbek chavandozi zafar quchdi
Ayni kunlarda Belgiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha davom etayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev g‘alabaga erishdi.
Belgiyaning Opglabbek shahrida joylashgan “Sentowyer Park” klubida o‘tayotgan musobaqada yosh chavandozimiz Abdurahmon Abdullayev CSIJ Gran-pri (140 sm to‘siq balandligi) dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
U “Avelino De Kross” laqabli otda eng yuqori natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Murosasiz bahslar natijasiga ko‘ra, iste’dodli sportchimizdan keyingi o‘rinni britaniyalik Klaudiya Mor qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka chexiyalik Oliver Pisarik yakun yasadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA