Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tasdiqlangan sanani Andijon shahridagi 6-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham katta tantana bilan, ko‘tarinki ruhda nishonladilar.
Tadbirda bayrog‘imiz faxr va g‘ururimiz timsoli ekanligi, unda xalqimizning orzu-istaklari, ulkan maqsadlari mujassamligi alohida ta’kidlandi. O‘quvchilarga bayroqning har bir rangi qanday ma’noni anglatishi haqida keng ma’lumot berildi.
Yoshlar tomonidan Vatan, istiqlolni madh etuvchi she’rlar o‘qildi, go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar e’tiboriga davlatimiz bayrog‘i tasdiqlangan kun haqidagi videorolik namoyish etildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA