Bayramga munosib tuhfa
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining zamonaviy, barcha zarur shart-sharoitlarga ega yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi vakillari, soha xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Yangi binoda xodimlarning xizmat vazifasini samarali tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
[gallery-31186]
Shuningdek, tadbir doirasida bo‘lim xodimlariga xizmat vazifalarini tezkor va sifatli bajarishga mo‘ljallangan yangi maxsus avtotransport vositalari ham topshirildi.
Shu kuni Shofirkon tumanida ham Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi ochilishi o‘tkazildi.
Mazkur inshootning ishga tushirilishi soha xodimlarining samarali faoliyat yuritishi, hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Yangi binolar va zamonaviy maxsus texnikalarning foydalanishga topshirilishi aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarga tezkor javob qaytarish hamda fuqarolarga sifatli yordam ko‘rsatish salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA