Bayram munosabati bilan xayriya tadbiri
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Eng ulug‘, eng aziz bayram kunlarida mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, ayniqsa, ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga sovg‘alar ulashilmoqda. Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ellikqal’a tumani bo‘linmasi tomonidan yordamga oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Xayriya tadbirlari shahar va tumanlarda davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA