Bayram ishtirokchilariga sovgʻalar ulashildi
Taʼkidlash joiz, ushbu korxonada ip-kalava ishlab chiqarilib, mahsulot yuz foiz eksportga yoʻnaltiriladi.
“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!”
Guliston shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal -demokratik partiyasi viloyat kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini oshirish boʻlimi tomonidan “Mustaqillik – eng oliy neʼmat” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi “MiLi Guliston Tehtile” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda bayram tashkilotchilari, hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar, korxona ishchilari ishtirok etdi.
Taʼkidlash joiz, ushbu korxonada ip-kalava ishlab chiqarilib, mahsulot yuz foiz eksportga yoʻnaltiriladi. Bu yerda ishlayotgan 500 nafar ishchining asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etadi.
– Bu kabi bayram tadbirlarini respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali, viloyat perinatal markazi, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham tashkil etdik, – deydi partiya viloyat kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini oshirish boʻlimi mudiri Sabohat Boboyeva. – Tadbirlarda maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi suhbatlar, istiqlol yillarida shahrimizda, odamlar ongida boʻlgan oʻzgarishlar haqida maʼruzalar boʻldi. Bundan tashqari Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishlab chiqarish subyektlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga bayram sovgʻalari ulashilayotir.
Tadbir yakunida, korxonada faol mehnat qilayotgan partiya aʼzolariga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi.