Bayram dasturxoni to‘kin bo‘ladi
Andijon viloyatidagi dehqon bozorlari va savdo majmualarida Yangi yil bayrami oldidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyatidagi dehqon bozorlari va savdo majmualarida Yangi yil bayrami oldidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari o‘tkazilmoqda.Aholi dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, bozorda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida tashkil etilayotgan yarmarkalarga viloyatdagi ta’minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari, parrandachilik fabrikalari biriktirilgan.
Yarmarkalarda fermer xo‘jaliklari, parrandachilik korxonalarining sarxil meva-sabzavot, poliz, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda sotilmoqda.
– Go‘sht, tuxum, meva-chevaning barini shu yerdan arzon narxlarda sotib oldik, – deydi Andijon shahrida yashovchi Mehriniso Qobulova. – Mahsulotlar sifati juda yaxshi. Savdoning plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilayotgani barchamizga manzur bo‘lmoqda.