Barqaror rivojlanish samarasi
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati barqaror rivojlanayotgan ishlab chiqarish subyektlaridan.
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati barqaror rivojlanayotgan ishlab chiqarish subyektlaridan.Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar, avtobus va traktorlar uchun hamda uy-joylar qurilishiga yuqori sifatli oyna va shisha mahsulotlari yetkazib beradigan korxonada barcha texnologik jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan. Ikki mingdan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan korxonada joriy yilda eshik-rom, steklopaket, ya’ni ko‘p qatlamli oyna tayyorlash sexlari ishga tushirilgach, mahsulotlar turi 160 ga yetdi.