Barkamol avlod uchun keng imkoniyatlar
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida yetti yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan tasviriy va amaliy san’at, raqs, tikish va bichish, yosh qandolatchi, kompyuter grafikasi, ingliz, rus tillari kabi 53 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda.
1028 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga olgan muassasada barcha to‘garak xonalari zarur o‘quv jihozlari va anjomlar bilan ta’minlangan. Malakali pedagog va mutaxassislar ko‘magida bilim va mahoratini oshirayotgan o‘g‘il-qizlar turli tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotir.
[gallery-9460]
Ta’kidlash joiz, yaqin kunlarda maktab hududida 100 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha zamonaviy bino qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilishi arafasida. Ushbu bino qurilishi uchun davlat investitsiya dasturi doirasida 1 milliard 516 million so‘m sarflandi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA