Barchasini hamjihatlikda yengamiz
Toshkent viloyati 3-sektor hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri oʻtkazildi.
Toshkent viloyati 3-sektor hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida “Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida xayriya tadbiri oʻtkazildi.
Ayni sinovli kunlarda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qatʼiy karantin tadbirlari olib borilishi bilan bir qatorda, 3-sektor hududida yashovchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yoʻqotgan qariyalar holidan xabar olinmoqda.
Xususan, xayriya tadbiri doirasida 3-sektor hududi – Yangiyoʻl shahar, Yangiyoʻl va Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 150 dan ortiq ijtimoiy koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand oilalar hamda boquvchisini yoʻqotgan qariyalar holidan xabar olinib, ulargasanitariya-gigiyenik vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
“Barchasini hamjihatlikda yengamiz” shiori ostida oʻtkazilayotgan xayriya tadbirida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida aholidan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy tartibga amal qilish, imkon qadar zarurat boʻlmaganda uydan chiqmaslik soʻralmoqda.
Bu kabi xayrli tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.