Barchasi aholi salomatligi uchun
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani tibbiyot birlashmasining zamonaviy xirurgiya va qabul bo‘limi ochildi.
Tuman aholisi shu paytgacha namunali tibbiy xizmat uchun viloyat markaziga qatnashga majbur edi. Davlat rahbari tashabbusi bilan qisqa fursatda tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanishlar natijasida hudud aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi yaxshilandi.


Tuman tibbiyot birlashmasi uchun 2022 yilda tuman hokimligi tomonidan tibbiyot birlashmasining moddiy texnik ba’zasini rivojlantirish, binolarni joriy ta’mirlash va aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida 70 o‘rinli rejali xirurgiya va qabul bo‘limi ta’mirlanib qayta jihozlandi.
Bundan tashqari, raqamli rentgen tibbiy uskunasi va ehtiyot qismlari olib kelindi. Ayni vaqtda bu yerda kuniga 50 dan ortiq bemorlar shu yerning o‘zida tekshiruvdan o‘tmoqda. Shuningdek, yana bir zamonaviy va noyob artroskop tibbiy uskunasi ham keltirildi. Ma’lumot uchun aytish kerak, mazkur uskuna faqatgina Buxoro shahrida bor edi. Endilikda mazkur tibbiyot uskunasi G‘ijduvon tumanida ham mavjud.


Tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullarining bildirishicha, hozirga qadar mazkur tibbiyot uskunasi qo‘llanilgan holda 2 ta jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov qatnashdi.
Zarif Komilov, O‘zA