Baliq ovi qimmatga tushdi
Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi va inspeksiyaning Oqoltin tumani bo‘limi inspektorlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirida Mirzaobod tumani "Mirzacho‘l" SIU hududidan oqib o‘tuvchi zovurdan fuqarolar S.B va K.R lar belgilangan miqdordan, ya’ni 5 kilodan ortiqcha bir turdagi jami 9 dona zog‘ora baliqlarni ovlash orqali ov qilish qoidalarini buzganligi aniqlandi.
Bu bilan ular O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 90-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlik sodir etilgan, deb topilib tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan 1 million 350 ming so‘mdan jarima va 270 ming so‘mdan tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Sh. Suyarov,
O‘zA