Bahorgi dala yumushlari kutib turmaydi
Buning uchun 13 ta ishchi guruhi tashkil qilingan. Suvchilar kerakli anjomlar hamda issiq ovqat bilan taʼminlangan.
Ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlaridagi fermer xoʻjaliklarida bahorgi chigit ekish hamda gʻalla maydonlarini sugʻorish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.
Beruniy tumani irrigatsiya boʻlimi tomonidan 2020-yil hosili uchun 10275 gektar paxta maydoni, 3350 gektar gʻalla maydoni, 1147 gektar sabzavot–poliz maydonlari, 3191 gektar tomorqa va 20676 gektar boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejalashtirilgan. Buning uchun 13 ta ishchi guruhi tashkil qilingan. Suvchilar kerakli anjomlar hamda issiq ovqat bilan taʼminlangan.
Gʻallazorlarda har uch gektar maydonga bittadan xandak qazilib, sharbat usulida sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan.