“Bahor vernisaji” respublika badiiy ko‘rgazmasi
Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor vernisaji”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasida 100 dan ortiq rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mayda plastika hamda chinni buyumlar to‘plamlari namoyish etildi. Har bir asarda bahorning va nozik xilqat ayol siymosi aks etdi.
[gallery-22119]
Ayol rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar bahor fasliga xos bo‘lgan his-tuyg‘ular, orzu-umidlar va jo‘shqin kechinmalar bilan to‘yingan.
Asarlarda bahor uyg‘onish, yangilanish va gullash ramzi sifatida, noziklik, maftunkorlik hamda ayol qalbiga xos barcha hislar – muhabbat, qayg‘u, orzular va armonlar ifodalangan. Bu asarlarning barchasi ajoyib bayram arafasida bizga unutilmas bahoriy kayfiyat ulashadi.
Ko‘rgazma 31 martga qadar davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev(surat), O‘zA