Badminton va Ushu musobaqasi
Toshkent xalqaro Vestminster universiteti sport majmuida 2003-2013 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sportning badminton va ushu turlari bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 100 dan ziyod yosh sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Badminton bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Ivan Kuzayev va Sevinch Sodiqova juftligi g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Vadim Arzumanov – Barno Qosimjonova, Temur To‘raxonov – Shirin Shavkatovlarga nasib etdi.
Ushu bahslarida esa Mo‘mina Asatullayeva va Baxtiyor Tursunov shohsupaning yuqori pog‘onasini zabt etdi.