Azimova Dilnoza Sherzodovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida
Azimova Dilnoza Sherzodovnaning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 1 noyabr kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz