Ayollar tadbirkorligi: amaliyot va samara
Andijonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Andijonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Germaniya jamg‘arma kassalari uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash va faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Tarbirda Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi mutaxassislari tomonidan mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullananish istagidagi xotin-qizlar, ayniqsa, kollej bitiruvchilariga biznes-reja tuzish, moliyaviy hisob-kitob yuritish, bozorni o‘rganish, kredit olish tartiblari, reklama ishlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.
– O‘zbekistonda tadbirkorlar, ayniqsa, xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Germaniya jamg‘arma kassalari uyushmasining loyiha bo‘yicha eksperti M.Frans. – Loyiha doirasida o‘tkazilgan seminar va boshqa tadbirlar ayollarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi bilim, malaka va ko‘nikmasini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.