Ayollar futboli: 2020 YIL SARHISOBI
Chempionatda jami 96ta o‘yin o‘tkazildi. Darvozalarga urilgan jami gollarning soni 513 tani tashkil etdi.
UMUMIY
Ayollar futboli bo‘yicha 2020 yilgi mavsum Oliy ligasida 12ta jamoa ishtirok etdi. Uy-safar tizimiga asoslangan musobaqaning birinchi davrasida jamoalar 11tadan o‘yin o‘tkazishdi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ikkinchi davrada format o‘zgardi. Bunda birinchi davra yakuniga ko‘ra turnir jadvalining kuchli oltiligidan o‘rin olgan “Bunyodkor”, “Sevinch”, “So‘g‘diyona”, “Metallurg”, AGMK va “Paxtakor” jamoalari ikkinchi davrani ham Reglament asosida davom ettirishdi. Quyi oltilikdan joy olgan “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Andijanka”, “Qizilqum” va “Surxon” jamoalari esa ikkinchi davrani markazlishgan holda o‘tkazishdi. Yakunda “Bunyodkor” jamoasi 45 ochko bilan birinchi, “Sevinch” 36 ochko bilan ikkinchi va “So‘g‘diyona” jamosi 33 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Chempionatda jami 96ta o‘yin o‘tkazildi. Darvozalarga urilgan jami gollarning soni 513 tani tashkil etdi. “Lokomotiv” hujumchisi Dildora Ergasheva 29ta goli bilan chempionat to‘purari bo‘ldi. “Bunyodkor” a’zosi Lyudmila Karachik 26ta, “So‘g‘diyona” va “Navbahor” vakillari Diyora Xabibullayeva hamda Nilufar Dadajonovalar 22tadan gollarga mualliflik qilishdi.

Bitta o‘yinda eng ko‘p gol urish Dildora Ergashevaga nasib etdi. U “Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvida termizliklar darvozasini 8 bor nishonga ola bildi. Lyudmila Karachik (“Bunyodkor”) esa “Buxoro” darvozasini 6 bor ishg‘ol etdi. Bir o‘yinda 5tadan gol urgan futbolchilar – Saida Galimova (“Bunyodkor”), Diyora Xabibullayeva (“So‘g‘diyona”), Komila Zaripova (AGMK), Ana Alekperova (“Paxtakor”), Nargiza Abdurasulova (“Navbahor”). 4tadan gol urish to‘qqiz nafar futbolchida kuzatildi. Bularning orasida Dildora Ergasheva (“Lokomotiv”) uch bora, Diyora Xabibullayeva (“So‘g‘diyona”) esa ikki bor to‘rttadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Xet-trik”ka erishgan futbolchilar soni 19 nafarni tashkil etdi. Raqiblar darvozasiga uchtadan gol kiritishni uch martadan amalga oshirishga erishgan futbolchilar – Shaxnoza Qurbonova (“Metallurg”) va Nilufar Dadajonova (“Navbahor”). Lyudmila Karachik (“Bunyodkor”), Diyora Xabibullayeva, Aziza Norboyeva, Shaxzoda Jamolova (“So‘g‘diyona”), Nozima Kamoltoyeva (“Metallurg”) ikki marotabadan “xet-trik”ka erishgan. Ko‘rinib turibdika, jizzaxlik Diyora Xabibullayeva uchtadan, to‘rttadan va hattoki beshtadan gol ura olgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.
Darvozalarga kiritilgan 513ta golning 25tasi penaltidan amalga oshirildi. 11 metrlik “lotoreyadan” eng ko‘p gol urgan futbolchi Diyora Xabibullayeva (“So‘g‘diyona”) bo‘ldi – 5ta gol. Nargiza Abdurasulova (“Navbahor”) 4ta, Nozima Kamoltoyeva (“Metallurg”) 3ta golni shu tarzda kiritdi. 7ta avtogol sodir etildi. Shundan ikkitasini “Lokomotiv” o‘yinchisi Jesika Kruchinina o‘z darvozasiga yo‘lladi. Qolgan gollarga Rushaniya Safina (“Metallurg”), Omadxon Sultonova (“Lokomotiv”), Nozima Kamoltoyeva (“Metallurg”), Dilafruz Xo‘jayeva (“Andijanka”), Dildora Namozova (“Surxon”) “mualliflik” qilishdi.
Uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik natijalar “Surxon” jamoasi bilan bog‘liq bo‘ldi. Chempionatdagi eng yirik g‘alaba va mag‘lubiyat - “Bunyodkor” – “Surxon” – 20:0. Shuningdek termizliklar boshqa jamoalarga ham yirik hisoblar “taqdim” etdi: “Lokomotiv”ga 0:17, “Metallurg”ga 0:15, “So‘g‘diyona”ga 0:12, “Sevinch”ga 0:11, “Paxtakor”ga 0:10. Yirik hisoblar birgina “Surxon”da emas, boshqa klublarda ham ro‘y berdi. Jumladan, “Bunyodkor” “Qizilqum”ni 12:0, “Buxoro”ni 10:1, “Paxtakor”ni 9:0 hisoblarda yenggan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” “Andijanka”ni 10:0, “Sevinch” “Qizilqum”ni, “Paxtakor” “Andijanka”ni, “Metallurg” “Qizilqum”ni 9:0 hisoblarda mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir uchrashuv – “Buxoro” – “Navbahor” o‘yinida darvozalarga 9ta gol kiritilgan. Bunda mehmonlar 5:4 hisobida yutuqqa erishgan. Qiziq tomoni, har ikkala jamoa asosiy tarkibida odatdagidek 11 nafardan emas, balki 10 nafardan o‘yinchi maydonga tushgan. Hatto zaxira vakillari ham bo‘lmagan.
Chempionat o‘yinlarida eng ko‘p qayd etilgan natija 1:0 hisobi bo‘ldi. 10 ta bahsda darvozalarga faqat bitta gol kiritilgan. Bu boradagi keyingi “o‘rinni” 2:1 hisobi “egalladi” – 9ta o‘yinda kuzatildi. 8ta o‘yin 2:0 hisobi bilan tugadi. 5tadan o‘yinda 3:0 hamda 4:1 hisoblari qayd etildi.

Chempionatda jamoalar futbolchilarining o‘rtacha yoshi 22ni tashkil etdi. Bunda eng yosh jamoa “Sevinch” deb topildi – futbolchilarning o‘rtacha yoshi 19.4. “Lokomotiv”da 20.5, “Andijanka”da 21.2. Eng yoshi katta jamoa “Bunyodkor” bo‘ldi. “Qaldirg‘ochlar”ning o‘rtacha yoshi 24.6ni tashkil qildi.
Maydonda eng ko‘p harakat qilish 5 nafar futbolchiga nasib etdi. Moxira Jo‘raboyeva (“Metallurg”), Maftuna Norboyeva (“Navbahor”), Dildora Ergasheva (“Lokomotiv”), Nigina Haydarova (“Buxoro”) va Muqaddas Abdurahmonova (“Surxon”) 16 uchrashuvning barchasida, har bir o‘yinning boshidan oxirigacha, zaxirasiz, 1440 daqiqadan to‘p surishgan. Barcha 16ta uchrashuvda maydonda harakat qilgan, lekin ayrim o‘yinlarda zaxira bilan almashganlar esa ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bular, “Bunyodkor”dan Zumrab Nazarova (1388 daqiqa), Saida Galimova (1386), Umida Zoirova (1366), Feruza Turdiboyeva (1321), Lyudmila Karachik (1286), “So‘g‘diyona”dan Xolida Dadaboyeva (1312), Madina Yusupova (1101), Albina Boboqulova (738), “Metallurg”dan Ilvina Ablyakimova (1392), Yulduz Nabiyeva (1371), Gulandon Boymatova (1352), Nozima Kamoltoyeva (1345), Rushaniya Safina (1288), Diyora Jo‘raboyeva (882), Tojinisoxon Rashidova (860), AGMKdan Mardona Almatova (1113), Madina Yusupova (1107), “Paxtakor”dan Oybarchin Turg‘unova (1395), Madina Vohidova (1371), Madina Xikmatova (1344), Zuxra Berdiyeva (1253), Durdona Baxtiyorova (842), “Navbahor”dan Nilufar Dadajonova (1432), Nargiza Abdurasulova (1386), Shoxidaxon Ergasheva (1183), “Lokomotiv”dan Kamila Yumangulova va Omadxon Sultonova (1352 daqiqadan), Jesika Kruchinina (1295), “Buxoro”dan Zebiniso G‘aniyeva (1432), Shaxzoda Rashidova (1410), Marjona To‘rayeva (1370), “Qizilqum”dan Laylo Tosheva (1414), Madina Kamoltoyeva (1378), Amina Shodiyeva (1346), Sitora Pirnazarova (1237), Odina Berdiyeva (923), “Surxon”dan Nilufar Murodova (1420), Nilufar Jovliyeva (1419), Shaxnoza Shodmonova (1350), Dildora Tuyliyeva (1245). “Sevinch” va “Andijanka” tarkiblarida birorta ham futbolchi to‘liq 16ta o‘yinda maydonga tushmagan.

Eng ko‘p zaxira qilingan o‘yinchilar: Maxzuna Abdukarimova (“Paxtakor”) 15 o‘yinidan 14tasida zaxiraga olingan, Shaxnoza Nasriddinova (“Navbahor”) 14 o‘yinidan 13tasida zaxira o‘yinchisi hisoblangan, Umida Xotamova (“Paxtakor”) 12ta, Maxzuna Jo‘rayeva (“Lokomotiv”), Nodira Yo‘ldosheva (AGMK), Shaxrizoda Nasriddinova (“Metallurg”) 11ta, o‘zlari o‘tkazgan o‘yinlarining barchasida zaxiraga olingan.
Maydonda eng kam o‘yin o‘tkazgan o‘yinchilar: Zuxra Baxriddinova (“Sevinch”) – atigi 11 daqiqa, Zuxra Xoliqova (“Paxtakor”) – 15 daqiqa, Shaxnozabonu Yusupova (“Metallurg”) – 19 daqiqa.
“FAIR PLAY” – halol o‘yin nomiga “Bunyodkor” jamoasi sazovor bo‘ldi. “Qaldirg‘ochlar”ning atigi uch futbolchisi sariq kartochka bilan jazolandi. “Buxoro”da ham uch futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatildi, biroq uchalasining o‘zi jami 12ta sariq “ishlab oldi”. Bu borada “Buxoro” jamoasi “uchinchi” pog‘onada – to‘rt futbolchi bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. Bu sovrinning “antiqahramoni” “Sevinch” jamoasi bo‘ldi. Qarshiliklarning olti nafar futbolchisiga 10ta sariq ko‘rsatildi va uch nafar futbolchi qizil kartochka bilan jazolandi. “Andijanka”ning 11 nafar futbolchisi 22ta sariq kartochka oldi, ikki nafari esa maydondan chetlatildi. “Qizilqum”da 9 nafar futbolchiga 14ta sariq va 2 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
JAMOAVIY
“BUNYODKOR”
1-o‘rin. Jamoa to‘purari Lyudmila Karachik – 26. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi - 24.6.
21 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Zumradjon Nazarova – 16ta o‘yin – 1388 daqiqa (2ta sariq)
Saida Galimova – 16 – 1386 (14ta gol)
Umida Zoirova – 16 – 1366 (6ta gol)
Marina Kosnikova – 16 – 1354 (1ta gol)
Kamola Risqiyeva – 15 – 1350 (1ta gol, 1ta sariq))
Feruza Turdiboyeva – 16 - 1321 (5ta gol)
Lyudmila Karachik – 16 – 1286 (26ta gol)
Maxliyo Sariqova – 14 – 1152 (14ta gol, 1ta sariq)
Luiza Sadirova – 11 – 931 (2ta gol)
Dilnoza Bektemirova – 14 – 926
Olga Qaxxorova – 10 - 755
Gulchehra Eshmamatova – 14 – 599 (4ta gol)
Zarina Saidova – 8 - 519
Solixa Husniddinova – 5 – 374 (1ta gol)
Nozimaxon Ergasheva – 9 - 364 (7ta gol)
Ziyoda Irisboyeva – 4 – 171
So‘g‘diyona Allamurodova – 5 – 169 (2ta gol)
Nasiba Tursunova – 7 – 150 (1ta gol)
Polina Mixanko – 8 – 139 (3ta gol)
Kristina Chunakova – 4 – 86 (1ta gol)
Ziyoda Isaqova – 3 – 97
“SEVINCH”
2-o‘rin. Jamoa to‘purari Gulzoda Amirova, Nilufar Qudratova – 10tadan. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 19.4.
17 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Malika burxonova – 15 – 1350
Laylo Shodiyeva – 15 – 1337 (2ta gol, 2ta sariq)
Laylo Tilovova – 15 – 1324 (1ta gol, 1ta sariq)
Maftuna Jonimqulova – 14 – 1260
Nilufar Qudratova – 13 – 1170 (10ta gol, 1ta qizil)
Maftuna Shoyimova – 14 – 1164 (9ta gol)
Feruza Boboxo‘jayeva – 14 – 1140 (1ta gol, 1ta qizil)
Maftuna Panjiyeva – 15 – 1101 (8ta gol, 1ta sariq)
Shoira Qulto‘rayeva – 14 – 1101 (4ta gol)
Gulzoda Amirova – 13 – 1094 (10ta gol, 1ta sariq, 1ta qizil)
Shodiya Tosheva – 15 – 951 (1ta gol, 1ta sariq)
Diyora Erkinova – 9 – 810
Angelina Polyushkevich – 7 – 545
Fazilat Baxromova – 11 – 412
Rushana Toshpo‘latova – 2 – 46
Zuxra Baxriddinova – 1 – 11
Sabrina Oktyabreva – 2 - 4
“SO‘G‘DIYONA”
3-o‘rin. Jamoa to‘purari Diyora Xabibullayeva – 22. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 22.6.
17 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Diyoraxon Xabibullayeva – 15 – 1350 (22ta gol, 3ta sariq)
Nozima Hasanova – 15 -1350
Xolida Dadaboyeva – 16 – 1312 (3ta sariq)
Tanzilya Zarbiyeva – 15 – 1283 (3ta sariq)
Iroda Turdaliyeva – 14 – 1260 (2ta gol, 4ta sariq)
O‘g‘iloy Qo‘chqorova – 15 – 1256 (3ta gol, 2ta sariq)
E’zoza Sharipova – 15 – 1206 (1ta gol)
Aziza Norboyeva – 16 – 1101 (10 ta gol)
Zarina Mamatkarimova – 15 – 986 (4ta gol)
Nafisa Nabiqulova – 12 – 826 (3ta sariq)
Nasiba Xojiyeva – 12 – 782
Lianna Narbekova – 13 – 764 (1ta gol)
Albina Boboqulova – 16 – 738 (5ta gol, 1ta sariq)
Shaxzoda Jamolova – 10 – 695 (3ta gol)
Yulduz Shodiyeva – 12 – 685 (2ta sariq)
Dinara Payziqulova – 7 – 196 (3ta gol)
Darya Telesheva – 1 - 90
“METALLURG”
4-o‘rin. Jamoa to‘purari Shaxnoza Qurbonova – 13. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 21.4.
19 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Moxiraxon Jo‘raboyeva – 16 – 1440 (1ta gol, 1ta sariq)
Ilvina Ablyakimova – 16 – 1392 (4ta gol, 2ta sariq)
Yulduz Nabiyeva – 16 – 1371 (2ta gol, 1ta sariq)
Gulandon Boymatova – 16 – 1352 (1ta sariq)
Nozima Kamoltoyeva – 16 – 1345 (9ta gol, 2ta sariq)
Rushaniya Safina – 16 – 1288 (6ta gol, 1ta avtogol, 3ta sariq)
Kamola Berdiyeva – 15 – 1262 (1ta gol, 1ta sariq)
Dildora Nozimova – 15 – 1124 (10 ta gol, 1ta sariq)
Muxlisa Mardiyeva – 15 – 912 (1ta gol)
Diyora Jo‘raboyeva – 16 – 882
Tojinisoxon Rashidova – 16 – 860 (3ta gol, 1ta sariq)
Shaxnoza Qurbonova – 11 – 788 (13ta gol(
Setora Takabayeva – 12 – 733 (3ta gol, 1ta sariq)
Shaxrizoda Zayniddinova – 11 – 409 (2ta gol)
Selime Guguyeva – 2 – 180 (1ta sariq)
Sevara Nurullayeva – 4 – 88
Shaxnozabonu Yusupova – 2 - 19
AGMK
5-o‘rin. Jamoa to‘purari Komila Zaripova – 12. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 23.
23 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Shoxida Tojiddinova – 15 – 1350 (1ta gol, 3ta sariq)
Aynur Daulbayeva – 15 – 1263 (2ta gol, 2ta sariq)
Komila Zaripova – 15 – 1215 (12ta gol, 3ta sariq)
Dilrabo Asadova – 15 – 1170 (2ta gol, 2ta sariq)
Mardona Almatova – 16 – 1113 (7ta gol)
Alina Demyanenko – 13 – 1111 (1ta sariq)
Madina Yusupova – 16 – 1107 (1ta gol, 1ta sariq)
Ziyodaxon To‘lanboyeva – 14 – 1084
Darina Fedosenko – 13 – 1055 (5ta gol, 1ta sariq)
Munisa G‘iyosova – 13 – 981 (1ta gol, 2ta sariq)
O‘g‘iloy Ilasheva – 15 – 947
Leyla Rustullayeva – 13 – 931 (4ta gol, 1ta sariq)
Orasta Tojiboyeva – 13 – 537 (2ta gol)
Dinora Turg‘unova – 15 – 515
Sevinch Qo‘chqorova – 10 – 342
Nilufar Qurbonaliyeva – 5 - 329
Nodira Yo‘ldosheva – 11 – 314 (4ta gol)
Leyla Oraniyazova – 5 – 189 (1ta sariq)
Parvina Sodiqova – 4 – 128 (1ta gol)
Ozoda Xojiyeva – 1 – 90 (1ta gol)
Gulchiroy Ibrohimova – 1 – 45 (1ta gol)
Aygerim Otenazarova – 1 – 35
O‘g‘iloy Xolboyeva – 2 – 22
“PAXTAKOR”
6-o‘rin. Jamoa to‘purari Ana Alekperova – 13. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 22.9.
19 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Oybarchin Turg‘unova – 16 – 1395 (1ta sariq)
Madina Vohidova – 16 – 1371 (4ta gol, 2ta sariq)
Madina Xikmatova – 16 – 1344 (5ta gol, 2ta sariq)
Zuxra Berdiyeva – 16 – 1253
Ana Alekperova – 13 – 1170 (13ta gol, 3ta sariq)
Nigora O‘zganova – 15 – 1124
Yulduz Hamdamova – 14 – 1110 (3ta gol, 2ta sariq, 1ta qizil)
Lidiya Sema – 13 – 1100 (1ta sariq)
Mariya Moiseyeva – 11 – 913 (6ta gol)
Madina Abduraimova – 15 – 896 (1ta sariq)
Kamola Erkinova – 15 – 851 (2ta gol)
Durdona Baxtiyorova – 16 – 842 (5ta gol, 1ta sariq)
Dinara Tagirova – 13 – 686 (3ta sariq)
Yekaterina Salnikova – 8 – 470
Maxzuna Abdukarimova – 15 - 460
Umida Xotamova – 12 – 376 (2ta gol, 1ta sariq)
Nilufar Baxtiyorova – 8 – 316
Kamola Berdiyeva – 1 – 82 (1ta gol)
Zuxra Xoliqova – 2 - 15
“NAVBAHOR”
7-o‘rin. Jamoa to‘purari Nilufar Dadajonova – 22. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 24.1.
16 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Maftunaxon Norboyeva – 16 – 1440
Nilufar Dadajonova – 16 – 1432 (22ta gol)
Nargiza Abdurasulova – 16 – 1386 (12ta gol, 1ta sariq)
Muxarramxon Abdullayeva – 14 – 1260 (2ta gol, 1ta sariq)
Muqaddam Abdullayeva – 14 – 1235 (3ta gol, 4ta sariq)
Shaxnoza Karimova – 14 – 1212
Shoxidaxon Ergasheva – 16 – 1183 (6ta gol)
Gulnora Davronova – 14 – 1179 (1ta gol)
Chiroygul Dehqonova – 14 – 952 (2ta sariq)
Zuxraxon Abdurahimova – 14 – 906 (1ta sariq)
Sarvinoz Komiljonova – 13 – 852 (1ta sariq)
Zarina Xo‘jayeva – 11 – 792 (2ta sariq)
Shaxnoza Nasriddinova – 14 – 471 (1ta gol, 1ta sariq)
Zarina Boboyeva – 8 – 292 (1ta gol)
Ruxsora Oxunova – 12 - 288
Oygul Davlatova – 3 – 138 (1ta sariq)
“LOKOMOTIV”
8-o‘rin. Jamoa to‘purari Dildora Ergasheva – 29. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi -20.5.
19 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Dildora Ergasheva – 16 – 1440 (29ta gol, 1ta sariq)
Kamila Yumangulova – 16 – 1352
Omadxon Sultonova – 16 – 1352 (1ta avtogol)
Ro‘zixan Asqarova – 15 – 1321 (7ta gol, 2ta sariq)
Jesika Kruchinina – 16 – 1295 (2ta avtogol)
Jasmina Abdug‘aniyeva – 15 – 1242 (9ta gol, 1ta sariq)
Oysara Suyunova – 15 – 1185 (1ta gol)
Zebiniso Xalimova – 16 – 1151 (1ta gol, 1ta sariq)
Nodira Iskandarova – 12 – 960 (1ta sariq)
Arina Smirnova – 12 – 847 (4ta gol, 1ta sariq, 1ta qizil)
Gulzoda Saidova – 13 – 835 (4ta gol)
Alisa Zaxarenko – 9 – 784 (1ta sariq)
Guljamol Normatova – 10 – 554 (1ta gol)
Malika Xalilova – 11 – 546
Dinora Xudoynazarova – 9 – 443
Maxfuza Jo‘rayeva – 11 – 255
Ilvina Kamoliyeva – 2 – 100
Shoxida Fayzullayeva – 5 – 98
Baxtishod To‘xtayeva – 1 - 10
“BUXORO”
9-o‘rin. Jamoa to‘purari Zebiniso G‘aniyeva – 12. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 21.3.
17 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Nigina Haydarova – 16 – 1440 (7ta gol)
Zebiniso G‘aniyeva – 16 – 1432 (12ta gol, 2ta sariq)
Shaxzoda Rashidova – 16 - 1410
Marjona To‘rayeva – 16 – 1370 (2ta gol)
Aziza Norova – 15 – 1350 (7ta gol, 6ta sariq)
Sabina Amanova – 15 – 1345 (1ta gol, 4ta sariq)
Farichehra Abduvohidova – 15 – 1316 (2ta gol)
Xusniya Gancheva – 14 – 1251
Soxibabonu Seyitmirova – 14 – 1204 (1ta gol)
Malikaxon Normatova – 15 – 1110
Intizor Ibrohimova – 10 - 900
Feruzaxon Jo‘raboyeva – 6 – 540 (1ta gol)
Nargiza Rahimova – 5 - 450
Nargiza Ahmedova – 6 – 228 (2ta gol)
Nozigul G‘iyosova – 189
Zebiniso Mavlonova – 4 – 169
Shaxlo Sharipova – 4 - 36
“ANDIJANKA”
10-o‘rin. Jamoa to‘purari Oygul Yoqubova – 5. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 21.2.
15 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Zuxraxon Obidova – 14 – 1260
Komila To‘xtasinova – 14 – 1260 (3ta gol, 1ta sariq)
Dilafruz Xo‘jayeva – 14 – 1260 (2ta gol, 1ta avtogol, 1ta sariq)
Omadoy Mingboyeva – 14 – 1260 (2ta sariq)
Sevinch Muradullayeva – 14 – 1201 (4ta gol, 2ta sariq)
Oygulxon Yoqubova – 13 – 1170 (5ta gol, 2ta sariq)
Maftunaxon Jo‘rayeva – 12 – 1080 (1ta gol, 5ta sariq)
Kumushoy G‘ulomova – 14 – 1025
Maxliyo Nazarqulova – 11 – 974 (3ta gol, 1ta sariq, 1ta qizil)
Charosxon G‘aniyeva – 11 – 946 (3ta sariq, 1ta qizil)
Nozimaxon Xolmirzayeva – 11 – 795 (2ta sariq)
Ziyodaxon Yangiboyeva – 9 – 756 (2ta sariq)
Matlubaxon Yunusova – 8 – 403 (1ta sariq)
Hurmatoy Kamolxo‘jayeva – 6 – 325
Gulnora To‘ychiyeva – 5 - 156
“QIZILQUM”
11-o‘rin. Jamoa to‘purari Baxtishod To‘xtayeva – 4. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 21.6.
20 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Laylo Tosheva – 16 – 1414 (2ta gol, 1ta sariq)
Madina Kamoltoyeva – 16 – 1378 (1ta avtogol, 1ta sariq)
Amina Shodiyeva – 16 – 1346 (1ta gol, 4ta sariq)
Saodat Qo‘ldosheva – 15 – 1302 (1ta sariq)
Vazira Xayitova – 14 – 1260 (2ta gol, 2ta sariq)
Sitora Pirnazarova – 16 – 1237 (2ta gol)
Maxliyo G‘affarova – 13 – 1052 (1ta gol)
Baxtishod To‘xtayeva – 12 – 1035 (4ta gol, 2ta sariq)
Zebiniso Avliyoqulova – 13 – 964 (1ta sariq)
Odina Berdiyeva – 16 – 923
Oysanam Bozorova – 15 - 868
Sarvinoz Rahmatova – 12 – 802 (1ta sariq)
Asel Abatova – 12 – 713
Diyora Raxmatova – 6 – 540 (1ta gol, 1ta sariq, 1ta qizil)
Aziza Davlatova – 8 – 388
Nigina Jamalova – 10 – 229 (1ta qizil)
Nilufar Nezirova – 2 – 169
Dinora Raxmatova – 1 - 90
Malika Kamolova – 3 – 27
Maftuna Jo‘rayeva – 1 - 27
“SURXON”
12-o‘rin. Jamoa to‘purari Muqaddas Abdurahmonova – 2. Jamoa a’zolarining o‘rtacha yoshi – 21.8.
18 nafar o‘yinchi maydonga tushdi:
Muqaddas Abdurahmonova – 16 – 1440 (2ta gol)
Nilufar Murodova – 16 – 1420
Nilufar Jovliyeva – 16 - 1419
Shaxnoza Shodmonova – 15 – 1350
Dildora Namozova – 15 – 1305 (1ta avtogol)
Dildora Tuyliyeva – 16 – 1245
Dilafruz Toshpo‘latova – 13 – 1170 (1ta gol)
Sanobarxon Bozorova – 16 – 1099
Maftuna Xo‘jamurodova – 11 – 1001 (1ta sariq)
Fazilat Merganova – 12 – 893
Alina Adambayeva – 13 – 847
Lola Xayitmurodova – 14 – 827 (1ta sariq)
Maxliyo Qurbonmurodova – 13 – 717 (1ta sariq)
Mo‘’tabar Shomirova – 9 – 377
Mexriniso Raxmatova 5 – 288 (1ta sariq)
Sojida Qurbonnazarova – 8 – 258
Farida Sultonova – 5 – 205
Dildora Jovliyeva 2 – 180.
Oybek Yunusov, O‘zA