Ayol va jamiyat: muammo va yechim (+video)
Buxoroda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “Ayol va jamiyat: muammo va yechim” mavzusida forum o‘tkazildi. Unda dastlab oliy ta’lim muassasalari olima ayollarning ilmiy va innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda loyihalarni patentlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Masalan Nafisa Jo‘rayevaning “Omega6 va Omega3 yog‘ kislotalari nisbati muvozanatlashtirilgan oziq-ovqat yog‘-unli mahsulot va uni olish usuli” mavzusidagi loyihasi muhimligi, aholi salomatligini saqlashdagi ahamiyati bilan ajralib turdi.
[gallery-21702]
Ofis Registrator o‘quv jarayonini raqamlashtirish va talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy etilgan bo‘lib, talabalarni ro‘yxatga olish va qayd etish, elektron hujjat almashinuvini tashkil etish, talabalar akademik harakatlarini boshqarish, o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish kabi vazifalarni samarali bajarmoqda.
Shuningdek, forum doirasida buxorolik olima ayollarning qator ma’ruzalari tinglandi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini ta’minlash masalalarini muhokama etish uchun ochiq muloqot maydoniga aylandi va bu borada o‘zaro tajriba almashildi.
Forumda Oliy Majlisi Senat raisi Tanzila Narbayeva va viloyat hokimi Botir Zaripov qatnashdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xXwMR3G2VOk?si=RNAk_b23qyk7T8XM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (video+surat), O‘zA muxbirlari