Aybi borning oyogʻi qaltiraydi...
Ichimlik suvi, elektr energiya va tabiiy gazdan maqsadli foydalanish va toʻlov intizomiga rioya qilinishini taʼminlash bugunning asosiy vazifalaridan biridir.
Ichimlik suvi, elektr energiya va tabiiy gazdan maqsadli foydalanish va toʻlov intizomiga rioya qilinishini taʼminlash bugunning asosiy vazifalaridan biridir. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham joylarda olib borilayotgan targʻibot tadbirlari ayni maqsadga qaratilgan.
Qonun ustuvor boʻlgan jamiyatda qonunga itoat qilmaslik, uni chetlab oʻtishga harakat qilish huquqbuzarlik deb baholanadi. Masalan, Sherobod tumanidagi “Xoʻjgi” mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.Razzoqovaning xonadoni koʻzdan kechirilganda gaz hisoblagichning nosozligi maʼlum boʻldi. Xonadonning isitish tizimi ishlab turgan boʻlsa-da, hisoblagich foydalanilayotgan tabiiy gaz miqdorini qayd etmayotgan edi.
Bu holatdan shubhalangan Byuro xodimlari tashqi tomondagi xonadonga keluvchi asosiy tarmoqni koʻzdan kechirish maqsadida hovlidan chiqqanida uy sohiblari atayin darvozani eshiklarni berkitib, MIB xodimlarini qaytib ichkariga kirishlariga yoʻl qoʻyishmadi.
“Aybi borni oyogʻi qaltiraydi” deganlaridek, ushbu fuqaro bejizga eshikni tanbalab, uy ichiga berkinmagan ekan. Mutaxassislar tomonidan isteʼmolchining shaxsiy hisob raqami billing gaz dasturi orqali koʻzdan kechirilganda 1 million 713 ming 307 soʻm qarzdorligi, boz ustiga, xonadoniga oʻrnatilgan gaz hisoblagich oʻz boshimchalik bilan yangisiga almashtirilganligi hamda roʻyxatga olinmaganligi maʼlum boʻldi. Tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon tabiiy gaz tarmogʻidan ajratib qoʻyildi.
Shuni unutmaslik kerakki, ichimlik suvi, yoqilgʻi va energetika resurslari tuganmas manba emas. Undan nafaqat bugun biz, balki ertaga kelajak avlodlar ham foydalanishi kerak.