Avstraliyada samolyot qulashi oqibatida odamlar halok bo‘ldi
Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘ida samolyot qulashi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Brisben shimolidagi qirg‘oq chekkasida joylashgan Redklif yaqinida samolyot sayoz suvga qulashi oqibatida ikki erkak va ikki bola halok bo‘lgan.
Avstraliya transport byurosi bosh komissari Angus Mitchellning matbuotga aytishicha, avariya sababini aniqlash uchun Brisben va Kanberradan kelgan guruhlar voqea joyida surishtiruv ishini olib bormoqda.
Angus Mitchell guvohlarni tergovda hokimiyatga yordam berishga chaqirgan.