Atletlarimizning Chexiyadagi muvaffaqiyati
Chexiyada yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Chexiyada yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, turnirda atletlarimiz 2 oltin, 2 kumush va 1 bronza medal jamladi.
Uzunlikka sakrash bo‘yicha sportchilarimizdan Aziz Omonov oltin, Ruslan Qurbonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Langarcho‘pga tayanib sakrash bahslarida Leonid Andreyev oltin, balandlikka sakrash bo‘yicha Yekaterina Voronina kumush medalga loyiq, deb topildi.
Yana bir tajribali sportchimiz Anastasiya Juravlyova uzunlikka sakrash bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada bronza medal bilan taqdirlandi.