Astrofizika yo‘nalishida O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi
O‘zbekistonlik astronom olimlar Xitoyning Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligiga qarashli fan va muhandislik Xarbin Texnologiya instituti bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatdi.
Olimlarimiz Xitoydagi qator kosmik laboratoriyalarga tashrif buyurib, tajriba oshirdi. Tashrif davomida o‘tkazilgan tadbirlarda akademik Bobomurod Ahmedov hamda yosh professor Ahmadjon Abdujabborov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


Bu hamkorlik kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun katta istiqbollarni ochib beradi.
N.Rahmonova, O‘zA