Asriy Tabriziy sheʼriyatida janrlar tarkibi masalasi
Zavqiyjon Qobiljon oʻgʻli FAYZULLAYEV tayanch doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, Oʻzbekiston e-mail: fayzullayevzavqiyjon@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada XVII asrda Eronda ijod qilgan turkiyzabon ijodkor Asriy Tabriziy lirikasi haqida fikr yuritilgan, shoir lirikasidagi janrlar muxtasar shaklda tahlil va tadqiq etilgan. Ijodkor lirikasidagi asosiy janr – gʻazal, muxammas masalalariga asosiy urgʻu berilgan, bu janrlarga oid ijodkor asarlari tahlilga tortilgan, Asriyning salaflar ijodiga munosabati aytilgan. Bundan tashqari, Asriy didaktikasi haqida ham fikrlar keltirilib, shoir ijodidan baʼzi namunalar havola qilingan.
Tayanch soʻzlar: turkiy til, J.Mir oʻgʻli, Tabriz, Asriy, Fuzuliy, gʻazal, muxammas, didaktika, ijod.