Asossiz undirilgan mablag‘lar qaytarildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi da’vogar “Akfa Ekstrusions” mas’uliyati cheklangan jamiyati manfaatini ko‘zlab, javobgar “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatidan yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun asossiz undirilgan qariyb 17 million 276 ming so‘m undirishni so‘rab Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan edi.
Taraflar o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida 2021 yil 28 aprelda 2-21/571-sonli shartnoma tuzilgan. Da’vogar tomonidan javobgarga shartnomaga muvofiq tabiiy gaz yetkazib berilgan. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda tasdiqlangan “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra ulgurji iste’molchilarga gaz narxi 1 m3 uchun 660 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa-da javobgar tomonidan 2021 yil iyun va iyul oylarida 660 so‘m o‘rniga 669,57 so‘mdan hisoblangan.
Mazkur ish Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilib, 17 million 275 ming 805 so‘m asossiz undirilgan pul mablag‘lari “Akfa Ekstrusions” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qaytarilishi ta’minlandi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA