Askarlar harbiy xizmat davomida kasb hunarli bo‘lmoqda
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi va viloyatdagi N-harbiy qism o‘rtasida shartnoma imzolandi. Unga asosan, harbiy qismning 200 nafardan ziyod harbiy xizmatchi va askarlari 7 yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘rganadi.
Harbiy xizmatchi va askarlar payvandchilik, avtoservis, kran mashinisti, elektrik, veb-dasturchi, 1S buxgalteriya yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Davlat rahbarining yaratib bergan ushbu sharoitlari natijasida askarlar harbiy xizmat sir-asrorlarini o‘rganib, hunarli bo‘lib oilasiga qaytadi.
– Har bir yigit o‘z kasbidan tashqari hunar o‘rganishi shart, – deydi kompyuter savodxonligi yo‘nalishi tinglovchisi, oddiy askar Zafarbek Yusupov. – Harbiy xizmat davomida hunar o‘rganish imkoniyati yaratilganidan juda xursand bo‘ldim.




Zarif Komilov, O‘zA