Asila Mirzayorova Paraosiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi
Bugun, 23-oktabr kuni sportchilarimiz V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida para yengil atletika, para veloshosse, para pauerlifting, para o‘q otish, para suzish va para qilichbozlik sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, bugungi dasturning dastlabki medali ayollar o‘rtasida T11 klassi bo‘yicha uzunlikka sakrash finalida Asila Mirzayorova tomonidan qo‘lga kiritildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Asila 5,04 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Ushbu yo‘nalishda Shahrizoda Temirova esa 4,73 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Asila Mirzayorova Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida tashkil etilgan Paraosiyo o‘yinlarida bittadan oltin, kumush va bronza jami 3 ta medalga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA