Ashirov Boyburi Sheraliyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Suv omborlariga quyiladigan kanallar o‘zanida deformatsiya qonuniyatlarini baholash” mavzusida
Ashirov Boyburi Sheraliyevichning 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligida “Suv omborlariga quyiladigan kanallar o‘zanida deformatsiya qonuniyatlarini baholash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.17.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 21-aprel kuni soat 15:00 da majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 2A-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: kstu@kstu.uz.