“Ash-Shifo”dagi yuzlab bemorlar hayoti xavf ostida
G‘azoning “Al-Shifo” kasalxonasidagi fojiali vaziyat tufayli 650 bemor va yarador, jumladan 36 nafar bola hayoti xavf ostida qolgan. Bu haqda shifoxonalar boshqarmasi rahbari Muhammad Zakut ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sog‘liqni saqlash muassasasida yonilg‘i zaxirasi tugagan.
– “Al Shifo” yaqini va bino atrofida xavfsiz joy yo‘q, qurbonlar jasadi yoniga yetib borishning iloji yo‘q, – dedi u. – Hududda 1500 ga yaqin qochqin yashaydi, ular ham xavf ostida.
Darvoqe, bu kasalxona bir necha bor o‘qqa tutilgan.