Arzonlashtirilgan yarmarkalar – aholi xizmatida
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimligi, tuman prokuraturasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Kosonsoy dehqon bozori”da tashkil qilingan arzonlashtirilgan yarmarkada “Daladan-dasturxonga” tamoyili asosida aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va narx-navosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Bozor ma’muriyati va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga bunday yarmarkalar doimiy faoliyat yuritishi, oziq-mahsulotlari to‘liq va sifatli bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
[gallery-12601]
Aytib o‘tish kerakki, tumanda aholiga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida eng olis, chekka qishloq hududlarida ham xuddi shunday arzonlashtirilgan ko‘chma yarmarkalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA