Arzonlashtirilgan yarmarka xalq xizmatida
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Paxtaobod tumani Markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqimiz dasturxoniga maqbul narxlarda yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarka xizmatidan aholi mamnun.
[gallery-13104]
Yarmarka faoliyatini ko‘zdan kechirgan mutasaddilar mahsulotlarning yarmarka peshtaxtalariga peshma-pesh yetkazib berilishini ta’minlash borasida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA