Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi
Armaniston va AQSH kecha “Eagle Partner” qo‘shma harbiy mashg‘ulotini boshladi, deya xabar berdi “Armenpress” nashri.
Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH armiyasining Yevropa va Afrikadagi qismi hamda Kanzas milliy gvardiyasi ishtirokida Armanistonda boshlangan mashq 24 iyulgacha davom etadi.
Qayd etilishicha, tashkilotchilar asosiy e’tiborni tinchlikparvarlik vazifasini bajarish jarayonida nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtirishga qaratishadi.
Tadbirning ochilish marosimida Armaniston mudofaa vaziri Suren Papikyan, AQSHning ushbu davlatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristina Kviyen va boshqa rasmiylar ishtirok etgan.