Armaniston Saudiyaga birinchi elchisini tayinladi
Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan Saudiya Arabistoniga elchi tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Prezident devoni bayonotida aytilishicha, BAAdagi elchi Karen Grigoryan Armanistonning qirollikdagi diplomatik missiyasi rahbari etib tayinlangan birinchi elchisi sanaladi. Ittifoq parchalanishi natijasida Armaniston mustaqillikka erishgan 1991 yildan beri Yerevan va Ar-Riyod o‘rtasida diplomatik aloqa yo‘q edi. Ilk muloqot o‘sha paytdagi Prezident Armen Sargsyanning 2021 yil oktyabr oyida Saudiyaga tashrifi chog‘ida yuz bergan. O‘shanda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv tashkil qilingan. O‘tgan yil noyabrda bu ikki davlat diplomatik munosabat o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.