AQSHning sobiq elchisi hibsga olindi
AQSHning Boliviyadagi sobiq elchisi Manuel Rocha Florida shtatida ushlangan. U Kuba hukumati foydasiga josuslikda ayblanyapti, deya xabar tarqatdi "Assoshieyted Press" agentligi tegishli manbalarga tayanib.
Xabarda ta’kidlanishicha, 73 yoshli Rocha juma kuni Mayami shahrida ushlangan.
U 1997-2000 yillar Argentinada bosh diplomat, 2002 yildan boshlab esa Boliviyada elchi sifatida ishlagan va shu yili prezident poygasiga bevosita aralashgan. Diplomat saylov arafasida hukumatni "Agar Evo Morales qayta saylanadigan bo‘lsa, AQSH Janubiy Amerikaning ushbu mamlakatiga yordam berishni to‘xtatadi", deya ogohlantirgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu ish bo‘yicha tafsilot dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisida to‘liq ma’lum qilinadi.