AQSHda Kongressga oraliq saylovlar
Kecha AQSH Kongressiga oraliq saylovlar nihoyasiga yetdi. Unda Vakillar palatasining barcha 435 a’zosi, Senatning uchdan bir qismi va 36 ta shtat hamda Qo‘shma Shtatlarning uchta xorijiy hududi gubernatorlari saylanadi.
Prezident Jo Bayden bir qator qonunchilik palatasi vakillari va gubernatorlarni oraliq saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Vakillar palatasiga Ukrainada tug‘ilgan respublikachi Viktoriya Sparts ham qayta saylandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
44 yoshli deputat Indiana shtatidagi o‘z saylov okrugida 60 foizdan ko‘proq ovoz oldi. U 2020 yildagi umumiy saylovlarda birinchi marta qatnashib, muvaffaqiyatga erishgan edi.
Sparts 2006 yilda AQSH fuqaroligini olgan.
O‘zA