AQSHda Boeing 737 MAX samolyotining sinov parvozlari boshlandi
AQSH fuqarolar aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) hamda Boeing kompaniyasi dushanba kuni 737 MAX yoʻlovchi samolyotining sinov parvozlarini boshlashdi. Sinov uch kun davom etadi.
AQSH fuqarolar aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) hamda Boeing kompaniyasi dushanba kuni 737 MAX yoʻlovchi samolyotining sinov parvozlarini boshlashdi. Sinov uch kun davom etadi.
“FAA va Boeing qator sertifikatsion parvozlarni amalga oshiradi. Sinov jarayonida 737 MAX parvozlarini avtomatik nazorat qilish tizimida ayrim oʻzgartirishlar kiritish moʻljallangan. Kutilishicha, sinovning birinchi kunida parvoz bir necha soat davom etadi. Biz sertifikatsion parvozlarni uch kun davom ettiramiz”, - deyiladi xabarda.
737 MAX parvozlari ikkita shunday avialaynerning qulab tushgani sababli AQSH va boshqa koʻplab mamlakatlarda toʻxtatib qoʻyilgandi. 2019-yil mart oyida Ethiopian Airlines kompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyoti bortida 157 kishi bilan halokatga uchragan edi. 2018-yil oktyabr oyida Indoneziyaning Lion Air kompaniyasi ixtiyoridagi xuddi shunday havo kemasi qulab tushdi. Oʻshanda 189 yoʻlovchi qurbon boʻlgandi.
2019-yil oktyabr oyida JATR (Joint Authorities Technical Review) xalqaro ekspertlar guruhi 737 MAX samolyotini sinash davrida juda koʻp narsalar hisobga olinmaganini aniqlashdi.
Samolyot halokatidan keyin 20 ga yaqin mamlakat ushbu havo layneri uchun oʻz hududini yopib qoʻydi. AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi ushbu modeldan foydalanishni taqiqladi.