AQSH Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Xitoy Xalq Respublikasidan kiradigan tovarlarga yangi 125 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Binobarin, Oq uy bu stavka allaqachon mavjud bo‘lgan 20 foizlik yig‘imning davomi ekaniga aniqlik kiritdi.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida chiqish qilgan Tramp o‘z tarif siyosatini himoya qilib, Qo‘shma Shtatlar “juda yaxshi holatdaligi”ni da’vo qildi.

Pekin bunga kecha kuchga kirgan Amerika tovarlariga 84 foizlik boj to‘lovi tartibi bilan javob qaytardi.

– Adolatli chora ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, – dedi XXR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jian. AQSH hukumati qaroriga xalq qarshi chiqadi, bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

– XXR Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan erishilgan muhim konsensusni amalga oshirish, aloqa va almashinuvni mustahkamlash, savdo, sarmoya va sanoat hamkorligini chuqurlashtirish uchun birgalikda ishlashga tayyor, – deb yozgan rasmiy “Sinxua” axborot agentligi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Xitoyga solgan soliq 145 foizligi ma’lum bo‘ldi