AQSH va Eron Pokiston vositachiligida sulhni uzaytirishga kelishib oldi
AQSH va Eron Islomobod vositachiligida o‘zaro sulh muddatini uzaytirishga rozilik bildirdi. Bu haqda Pokiston hukumatidagi manbalariga tayanib, Turkiyaning “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, har ikki tomon vositachilar orqali kelishuvni uzaytirishga rozi bo‘lgan va hozir yangi muddat bo‘yicha muzokara hamda xabar almashinuvi davom etmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasida harbiy harakatni to‘xtatish va kelishmovchilikni diplomatiya yo‘li bilan hal etish maqsadida tuzilgan 60 kunlik vaqtincha sulh memorandumi muddati 17-avgustda tugashi kerak edi. Bitim davrida tomonlar bir necha bor raqibga nisbatan kelishuvni buzish da’vosini qo‘zg‘agan. Masalan, Vashington Tehronni Hurmuz bo‘g‘ozida vaziyatni chigallashtirish, Eron esa AQSHni harbiy harakatni to‘xtatmaslikda ayblagan. Hozir sulhni uzaytirishning aniq muddati va keyingi shartlarga aniqlik kiritilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA