AQSH Senati Eronga qarshi harbiy vakolatni cheklaydi
AQSH Senati Eronga Kongress ruxsatisiz olib borilayotgan harbiy harakatni to‘xtatish va qo‘shinni olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani 50 ga 48 ovoz bilan ma’qulladi.
Prezident ma’muriyatidan Kongress rasmiy ruxsatisiz Eronga qarshi harbiy harakat qilmaslik va qurolli kuchlar jangovar amaliyotini cheklash talab qilingan hujjat bo‘yicha ovoz berish jarayonida siyosiy kuchlar qarashida kutilmagan holat kuzatildi: hukmron Respublikachilar partiyasining to‘rt vakili loyihani qo‘llab-quvvatladi, Demokratik partiyadan esa faqat bir a’zo qarshi chiqdi. Avvalroq xuddi shunday tashabbus Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan edi.
Ekspertlar tushuntirishicha, ushbu rezolyutsiya faqat tavsiyaviy va siyosiy fe’l-atvorga ega, ijro hokimiyati uchun majburiy huquqiy kuchga ega emas. Hujjat matnida Amerika armiyasi Eron hududidagi amaliyotda faqat ikki holat – Kongress bevosita rozi bo‘lganda yoki AQSH va ittifoqchilarni himoya qilish zarurati tug‘ilgandagina ishtirok etishi belgilangan. Shu bilan birga ikki davlat o‘rtasidagi inqirozni yumshatishga qaratilgan diplomatik urinish ham to‘xtagani yo‘q. Xususan, Shveysariyaning Byurgenstok shahrida Qatar va Pokiston vositachiligida o‘tgan muzokarada tomonlar keskinlikni kamaytirish hamda kelgusi texnik uchrashuvga zamin yaratish masalasini atroflicha muhokama qildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA