Angren shahrida yangi universitet ochildi
Angren shahrida 8 ta ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashgan “Angren universiteti” tashkil etildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Alisher Rayimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sektorlar rahbarlari, universitet ma’muriyati, o‘qituvchilar va yoshlar qatnashdi.


Mazkur oliygohda talabalar uchun barcha sharoit yaratilgan bo‘lib talabalar turar joyi, kutubxona, sportzal, axborot-resurs markazi to‘liq jihozlangan. O‘quv reja va dasturlari tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan bo‘lib xorijiy tajriba asosida shakllantirilgan.
bugungi kunda universitetda davolash ishi, maktabgacha va boshlang‘ich, pedagogika va psixologiya, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, moliya va moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyot (tarmoqlar va soha bo‘yicha), xorij tillari va adabiyoti kabi yo‘nalishlarda o‘qitiladi.


Hozirgacha 4 ming 200 nafarga yaqin hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, test natijalariga ko‘ra, 2 ming 500 nafarga yaqin talabalar oliy ta’lim muassasasiga qabul qilindi.
Ayni paytda professor-o‘qituvchilar tarkibi yosh va iqtidorli xodimlar bilan shakllantirildi. 70 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan. Bundan tashqari, keyingi o‘quv yiliga ta’lim yo‘nalishlari sonini ko‘paytirish va magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

A.Musayev,O‘zA.